Image

2026 — Mahallalarni rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili

2026 — Mahallalarni rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 2026 yil “Mahallalarni rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida mazkur mavzuga bag‘ishlangan kitoblar va axborot resurslari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmada mahalla institutini rivojlantirish, fuqarolik jamiyatini mustahkamlash, ijtimoiy faollik va ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotga oid adabiyotlar, hujjatlar hamda zamonaviy axborot manbalari keng namoyish etildi.

Mazkur ko‘rgazma kitobxonlar va yoshlarni mahalla hayotiga daxldorlik ruhida tarbiyalash, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shishga undashga xizmat qiladi.


Kel, ko‘r, o‘qi va o‘z fikringni bildir

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer