Image

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida
 “Mardlik maktabi” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ushbu ko‘rgazma Vatanga sadoqat, mardlik, jasorat va fidoyilik tushunchalarini targ‘ib etishga qaratilgan. Unda Vatan himoyachilarining shonli yo‘li, milliy armiyamiz tarixi, harbiy-vatanparvarlik ruhidagi kitoblar hamda badiiy asarlar jamlangan.

“Mardlik maktabi” — bu jasorat saboqlari, sadoqat va burchga sodiqlik ramzidir.
Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbida milliy g‘ururni mustahkamlash ko‘rgazmaning asosiy maqsadidir.

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer