Image

Vatan himoyachilar kuni

Samarqand tumani 16-sonli maktabida Samarqand tuman axborot–kutubxona markazi tashabbusi bilan Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan mazmunli va ruhiy yuksak tadbir tashkil etildi.

Tadbirda harbiy va ichki ishlar faxriylari Shodmon Rabbimovich Azizov, Mahmud Majidovich Shamsiyev, ma’naviyat sohasining fidoyi mutaxassislari Rahimjon Abdurazzoq, ijodkorlar hamda ta’lim muassasasi rahbariyati Dildora Yusupova ishtirok etib, Vatan tinchligi, armiyamiz qudrati va yurt oldidagi muqaddas burch haqida samimiy fikrlar bildirdilar.

Maktab o‘quvchilari tomonidan ijro etilgan vatanparvarlik ruhidagi she’rlar esa barchaga chuqur taassurot qoldirdi. Ushbu tadbir yoshlar qalbida yurtga muhabbat, milliy g‘urur va mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

 Vatan himoyachilariga bo‘lgan cheksiz hurmat va ehtirom — xalqimizning eng oliy qadriyatidir!

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer