Image

Rahbar va yoshlar uchrashuvida kitob yarmarkasi tashkil etildi

 Rahbar va yoshlar uchrashuvida kitob yarmarkasi tashkil etildi

Samarqand tuman hokimi hamda IIB boshlig‘ining yoshlar bilan uchrashuvi Arabxona mahallasida joylashgan 9-maktabda bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda 120 dan ortiq yoshlar ishtirok etib, 20 ga yaqin yoshlarning muammo va takliflari tinglandi.

 Mazkur tadbir doirasida Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan kitob yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarkada badiiy, ma’rifiy va yoshlar tarbiyasiga oid adabiyotlar namoyish etilib, kitobxonlikni targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratildi.

Kitoblar yoshlar orasida katta qiziqish uyg‘otib, ochiq muloqot bilan uyg‘unlashgan ushbu tashabbus ishtirokchilarda ijobiy taassurot qoldirdi.

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer