Image

Qiziqarli uchrashuv

Bugun Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida yana bir mazmunli va qiziqarli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tumandagi 38-IDUM o‘quvchilari kutubxona bo‘ylab sayohat qilib, uning boy fondi, zamonaviy xizmatlari hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

 Kutubxona xodimlari tomonidan yaqinda fondga kelib tushgan yangi adabiyotlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Kitoblarning mazmuni, ahamiyati tushuntirilib, bilim va dunyoqarashni kengaytirishda mutolaaning o‘rni alohida ta’kidlandi.

 Bunday uchrashuvlar yoshlarni kitobxonlikka oshno etib, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qiladi.

 Kitob bilan do‘st bo‘ling — kelajak sari dadil qadam tashlang!

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer