- Admin
- 20.01.2026
- 506
Mahmudxo‘ja Behbudiy
Mahmudxo‘ja Behbudiy 1875-yilda Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog‘ida tug‘ilgan. Dastlab diniy maktab va madrasada tahsil olgan, arab, fors va turk tillarini mukammal egallagan. Keyinchalik dunyoviy bilimlarga ham katta qiziqish bildirgan.
Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 151-yilligi munosabati bilan Samarqand tumani hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, "Nuroniy" jamg‘armasi tuman bo‘limi hamda "Gulobod tongi" gazetasi tahririyati hamda Samarqand tuman axborot kutubxona markazi xodimlari hamkorligida adabiy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi.
Tadbirda tumandagi 16-21-33-37-umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari va o‘qituvchilari faol ishtirok etishdi.
Tadbir doirasida turli tanlovlar ham o‘tkazilib, faol o‘quvchilar tuman hokimligi hamda homiylar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.