- Admin
- 20.01.2026
- 528
“Mehnat faxriysi”
Bugun Samarqand tuman axborot kutubxona markazi xodimlari ishtirokida Samarqand tumani Gulbog‘ mahallasi nuroniylar kengashi raisi, II toifali “Mehnat faxriysi” Orzuqulbobo Mansurov xonadoni barchaga ibrat bo‘ladigan ma’naviy maskanlardan biri hisoblanadi. Bu yerda kitobga bo‘lgan mehr, ma’rifatga intilish va mutolaa madaniyati hukmron.
— Men kitobdan minnatdorman. Kitobxonlik tufayli nabiralarim o‘z bilimi bilan Oliy o‘quv yurtlariga kirmoqda, — deydi nuroniy Orzuqulbobo Mansurov.
Darhaqiqat, bilim va tarbiya manbai bo‘lgan kitob har bir xonadonda qadr topsa, uning barakasi farzandlar taqdirida ham o‘z ifodasini topadi.
Kitobxon oila — farzand qalbida bilimga mehr, tafakkur va ma’naviyatni tarbiyalaydigan muqaddas maskan.