- Admin
- 03.02.2026
- 66
Milliy qadriyatlar – ma’naviyat asosi
Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etishga bag‘ishlangan “Milliy qadriyatlar – ma’naviyat asosi” nomli ko‘rgazma tashkil etildi.Ko‘rgazmada xalqimizning boy tarixiy merosi, urf-odat va an’analari, milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy kamolotga oid adabiyotlar hamda turli ko‘rgazmali manbalar namoyish etildi. Ushbu ko‘rgazma yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladi.Milliy meros – kelajak poydevori!Barchangizni ko‘rgazma bilan yaqindan tanishishga chorlaymiz.