- Admin
- 03.02.2026
- 66
47-maktab o‘quvchilari ishtirokida kitob targ‘iboti tadbiri
Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan 47-maktab o‘quvchilari ishtirokida kitob targ‘iboti tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchilar qiziqarli va foydali adabiyotlar bilan tanishtirilib, mutolaa madaniyatini rivojlantirish, bilim va dunyoqarashni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.Kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan ushbu tadbir yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirishga xizmat qildi.