Image

Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud ayyomlari munosabati bilan

Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida buyuk mutafakkirlar — Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud ayyomlari munosabati bilan
“Millat ma’naviyatining ikki siymosi” nomli ko‘rgazma tashkil etildi.Mazkur ko‘rgazmada Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti, ilmiy-ma’rifiy faoliyati hamda boy adabiy merosini yorituvchi badiiy va ilmiy adabiyotlar, tadqiqot ishlari hamda tarixiy manbalar namoyish etildi.Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi — milliy ma’naviy merosni targ‘ib etish, yoshlar ongida buyuk ajdodlarimiz ijodiga nisbatan hurmat va e’tiborni kuchaytirish, kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishdan iborat.

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer