- Admin
- 04.02.2026
- 66
Ekskursiya
Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, aholi, ayniqsa yoshlar orasida mutolaaga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida kutubxona bo‘ylab keng qamrovli ekskursiya tashkil etildi. Mazkur tadbirda markazning faol va tashabbuskor kitobxonlari ishtirok etdilar.Ekskursiya jarayonida ishtirokchilar kutubxonaning asosiy bo‘limlari, kitob fondlari, elektron va axborot-resurslari, zamonaviy xizmat turlari hamda foydalanuvchilar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Tadbir Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi Akt rahbari ishtirokida bo‘lib o‘tdi hamda kutubxona faoliyati, uning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida batafsil tushunchalar berildi.Mazkur ekskursiya kitobxonlarda bilimga intilish, mustaqil mutolaa qilish va axborotdan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirildi.