Image

NAVOIY — ABADIY ILHOM

Samarqand tumanidagi 16-sonli maktabda tuman axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan qiziqarli adabiy-badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi Tadbir davomida o‘quvchilar Navoiy g‘azallari, ruboiy va qit’alaridan namunalarni ifodali o‘qib, barchaga chinakam ma’naviy kayfiyat ulashishdi. Sahnaviy ko‘rinishlar orqali esa shoirning boy hayoti va bebaho ijodi jonli tarzda namoyon etildi.Tadbirda so‘zga chiqqan mehmonlar — jurnalist va yozuvchi Ozodjon Hamidzoda, ijodkor o‘qituvchi Farida Ahmedova va boshqalar Navoiyning bugungi yoshlar hayotidagi o‘rni, uning asarlari hali-hanuz dolzarbligini ta’kidlashdi.“Devoni Foniy”dan kuylangan g‘azallar tadbirga alohida ruh bag‘ishlab, ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar qoldirdi. Navoiy — kecha, bugun va kelajak uchun ilhom manbai!

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer