- Admin
- 13.02.2026
- 66
“Qiziqarli kutubxonada
Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida Samarqand tuman 38-son IDUMning 10-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Qiziqarli kutubxonada” nomli ma’rifiy ekskursiya o‘tkazildi. Tadbir jarayonida o‘quvchilar kutubxonada mavjud axborot-resurslari, badiiy va ilmiy adabiyotlar fondi bilan yaqindan tanishtirildi. Kutubxona mutaxassislari tomonidan yoshlarni mutolaa madaniyatiga keng jalb etish, bilim olishda kutubxonaning muhim o‘rni va imkoniyatlari yuzasidan tushunchalar berildi. Mazkur ekskursiya yosh avlodning dunyoqarashini kengaytirish, ilmga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan muhim ma’rifiy tadbir sifatida e’tirof etildi.