Image

Ayollarni e’zozlash

 2026 yilning 15 fevraldan- 15 mart qadar kunlari Samarqand tumani axborot‑kutubxona markazi tomonidan “Ayollarni e’zozlash” mavzusida kitob rasmli ko‘rgazma tashkil etildi.  Mazkur ko‘rgazma ayollarning jamiyatdagi o‘rni, ularning hayotga qo‘shgan hissasi va hurmatga sazovor ekanligini yorituvchi adabiyotlar, rasmli materiallar va ma’rifiy kitoblar asosida tayyorlandi. Bu kabi ko'rgazma orqali kutubxona kitobxonlarni aynan ayollar va ularning jamiyatdagi roli bilan bog‘liq madaniy-ma’rifiy adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirishga imkon yaratadi.“Ayollarni e’zozlash” tushunchasi O‘zbekiston madaniy an’analari, ayollarni hurmat qilish va qadrlash tamoyillariga asoslanadi; bu ma’no “ayollarni ulug‘lash” tamoyili orqali oilaviy va jamiyat hayotida ularga hurmat ko‘rsatishni ta’kidlaydi.

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer