Buyuk yozuvchi, shoir, dramaturg va publitsist Abdulla Qodiriy o‘tgan asrning haqiqatan ham fenomen shaxsidir. U o‘zbek adabiyoti tarixi va rivojida o‘chmas iz qoldirdi. Qodiriyning mahorati yil sayin xorijda tobora ko‘proq e’tirof etilayotgani ajablanarli emas! Masalan, 2019-yil dekabr oyida O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasida AQShda birinchi bo‘lib ingliz tilida nashr etilgan Abdulla Qodiriyning "Bygone days" ("O‘tkan kunlar") kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Romanni taniqli amerikalik tarjimon va tadqiqotchi Mark Riz tarjima qilgan.
Jami izohlar (0)
Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer