• Kitob haqida
  • Qo'shimcha ma'lumotlar
  • Izohlar

Kitob haqida qisqcha

Gavharshod begim (Gavharshod ogʻa) (1379—1457) — Gavharshod begim Amir Temurning to‘rtinchi o‘g‘li Shohruh Mirzoning suyukli katta xotini edi. U Chig‘atoy zodagonlaridan G‘iyosiddin Tarxonning qizi edi. Rivoyat qilishlaricha, G‘iyosiddin Tarxonning bobokaloni — Qushlik bir vaqtlar Chingizxon mulozimatida bo‘lib, bir jang asnosida uni o‘limdan saqlab qolgan ekan. Shundan buyon Chig‘atoy ulusida bu avlod yuksak e’tibor va hurmatga sazovar bo‘lgan. Gavhar Shod begim 1379 yilda tug‘ilib, 1393 yilda Shohruh Mirzo nikohiga kirgan. Undan uch o‘g‘ilu ikki qiz ko‘rgan. To‘ng‘ich o‘g‘li —Ulug‘bek Mirzo ko‘ragon (Muhammad Tarag‘ay, 1394— 1449), o‘rtancha o‘g‘li — Boysung‘ur Mirzo (1397—1433) va kichik o‘g‘li — Muhammad Jo‘ki Mirzo (1401 —1445) lardir.Shohrux davlatni idora qilishdan koʻra koʻproq toat-ibodat, diniy kitoblar mutolaasi bilan mashgʻul boʻlmoqni afzal koʻrganidan, avval unga devon ishlarini boshqarishni, soʻng viloyat hokimlari va qoʻshin sarkardalarini tayinlash, hatto kimga qanday inʼomu, kimga qanday jazo berish huquqini ham topshirib qoʻygan.

Izohlar

Jami izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q

Izoh qoldirish uchun saytga kirish yoki saytdan ro'yhatdan o'tish talab qilinadi!

Tavsiya qilinganlar

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer