• Kitob haqida
  • Qo'shimcha ma'lumotlar
  • Izohlar

Kitob haqida qisqcha

Alisher cho‘kkalab olib xontaxta ustidagi kattakon bir kitobni varaqlab, surat ko‘rib o‘tirar edi. Ov va jang manzaralari uni shu qadar qiziqtirgan, xayolini shu qadar o‘g‘irlagan ediki, otasi kelib eshik oldida kavush yechayotganini ham payqamadi. Kichkina Bahodir deb nom chiqargan G‘iyosiddin endi to‘rt yoshga kirgan o‘g‘li Alisherga kulimsirab qarab turdi. «Shul yoshdin kitobga muhabbat qo‘ysa, ulg‘aygach, albatta kitobni ilkidan ayirmay o‘zi bila asrab yurg‘ay», deb o‘yladi ota shiringina, do‘mboq o‘g‘lidan ko‘zini uzolmay.
— Ha, bul yerga yoshurunib olib ne qiladur, desam, kitob ko‘rayotgan ekanlar-da,— dedi G‘iyosiddin piching aralash mehr bilan.
Otasi bu gagshi sekingina, kulib turib aytgan bo‘lsada, Alisher sho‘xlik qilib kattalardan dashnom eshitishdan qo‘rqqan boladek olazarak bo‘lib:
— Dada, mana bul suratni ko‘ring,— dedi. Uning xiyol qiyiq ko‘zlari mo‘ltirar edi. — Maia bul cherik shotidan chiqayotib qulab tushmoqda, qo‘rg‘on ustinda turganlar o‘q otib qulatg‘on chiqarlar. Mana bunisi pastdin turib, qal’a ustidagilarga o‘q uzmoqda.
Otasi o‘g‘lining gapini tasdiqlagandek, bosh irg‘itib, uning qo‘lidan kitobni asta oldi-yu, tokchaga, boshqa kitoblar yoniga qo‘ydi.
— Bul kitobning o‘rni tokchada,— dedi u yasama jiddiylik bilan,— ammo siz kitob ko‘rmoqqa yoshlik qilursiz, yirtib qo‘ysangiz yaxshi bo‘lmas. Ani ikki qo‘y bahosiga sotib olg‘onmen.

Izohlar

Jami izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q

Izoh qoldirish uchun saytga kirish yoki saytdan ro'yhatdan o'tish talab qilinadi!

Tavsiya qilinganlar

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer